Bugun Halabdagi Quvayk daryosida Asad rejimi tomonidan uyushtirilgan qirg’inga 9 yil to’ldi

2013-yilning 29-yanvarida daryodan qo‘llari bog‘langan 80 dan ortiq jasad, jumladan, ayollar va bolalar olib chiqilgan. Asadiylar nazorati ostidagi hududdan qiynoq belgilari bo’lgan jasadlar suvga tashlandi. Ko’pchilikni boshiga o’q uzilgan.



Ularning barchasi Alepponing muxolifat nazorati ostidagi tumanlari aholisi bo‘lgan, biroq turli vaqtlarda turli sabablarga ko‘ra Asad nazoratidagi tarafga o‘tgan.
Asad rejimining o’z xalqiga nisbatan “ibratli” shafqatsizligi boshqalarga saboq bo’lishi kerak edi. Ammo bu suriyaliklarning aqldan ozgan diktatorga nisbatan nafratini yanada oshirdi.
