Bu yil Suriya minalardan eng ko‘p qurbon bergan davlat bo‘ldi

Landmines Watch hisobotiga ko’ra, yillik hisobotlar 1999 yilda boshlanganidan beri birinchi marta Suriya minalardan eng ko’p qurbonlar bergan davlatga aylandi.
2020-yilda Suriyadagi minalar oqibatida 2729 kishi halok bo‘lgan va jarohatlangan. O’tgan yil davomida dunyo bo’ylab 7073 kishi minalar portlashidan halok bo’lgan va jarohatlangan.
Kolumbiya 2005-2007 yillar oralig’ida minalar oqibatida eng ko’p o’lgan mamlakat edi. Keyin, 2007-2019 yillarda Afg’oniston birinchi o’rinni egalladi.
Ayniqsa, Rossiya Suriyada havodan otilgan minalardan intensiv foydalangani va bu minalar tufayli ko’plab tinch aholi , ayniqsa yosh bolalar hayotdan ko’z yumgani ma’lum edi.

Rossiyaning Suriyada ayniqsa PFM-1 tipidagi minalardan foydalangani va bu kichik havo minalarining bolalar tomonidan o’yinchoqlarga o’xshatilgani va bu o’z navbatida bolalarning o’limiga sabab bo’lgani bildirildi.
