Britaniya mudofaa vaziri: Rossiya gaz pedalidan hali oyog‘ini tushirgani yo‘q

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegaralaridan olib chiqib ketilishi haqidagi ma’lumotga izoh berar ekan, Rossiya haligacha “gaz pedalidan oyog‘ini tushirmaganini” aytdi.
Uollesning eslatishicha, razvedka hisobotlarida Rossiyaning 16-fevralda Ukrainaga bostirib kirishi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan Vashingtondan farqli o‘laroq, Britaniya hech qachon sanani e’lon qilmagan. «Men ko’rgan barcha razvedka ma’lumotlarida muammo sanalarda emas, balki chegara yaqinida muhim kontingentni joylashtirishda edi», dedi u.
Britaniya vaziri qo‘shinlarni haqiqiy olib chiqib ketish va muloqot orqali keskinlik intensivligini pasaytirish zarurligini ta’kidladi.
