Brent neftining narxi bir barrel uchun 111 dollardan oshdi

Xalqaro bozorlarda Brent nefti juma kuni Rossiya-Ukraina urushi fonida yetkazib berishning mumkin bo‘lgan qisqarishi tufayli bir barrel uchun 111,39 dollargacha ko‘tarildi.
Payshanba kungi so‘nggi kimoshdi savdosida ushbu markadagi neftning bir barrelining narxi 119,84 dollarga yetdi, biroq kun 110,46 dollarda yakunlandi.
4-mart soat 09.51 holatiga ko‘ra, Brent nefti narxi 0,84 foizga oshib, barreli uchun 111,39 dollarni tashkil qildi.
WTI rusumli neft uchun fyuchers narxi bir barrel uchun 109,05 dollarni tashkil etdi.
Neft narxi deyarli oxirgi 10 yildagi eng yuqori darajaga yetdi.
