Boris Jonson BAA va Saudiya Arabistoniga «neft» masalasini ijobiy hal qilish uchun kelmoqda

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bir kunlik rasmiy tashrif bilan dunyodagi eng yirik neft qazib oluvchilar Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurmoqda.
Bugun ertalab Buyuk Britaniyaning BAAdagi elchisi Patrik Mudi tomonidan Abu Dabi aeroportida kutib olingan Jonson, Rossiya neftiga qaramlikni kamaytirish uchun Fors ko’rfazi davlatlaridan ko’proq neft hamkorlik qilishga chaqirmoqchi.
Tashrif doirasida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Jonson bugun BAA valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahyon bilan uchrashgandan keyin Ar-Riyodda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan ham uchrashadi. Ko’rfaz esa G’arb davlatlarining neftga bo’lgan talablari borasida hozircha ehtiyotkor pozitsiyani tanlagan.
Abu-Dabiga tashrifi oldidan Boris Jonson:
“Dunyo rus uglevodorodlaridan xalos bo’lishi va Putinning neft va gaziga qaramlikdan xalos bo’lishi kerak», – deya fikr bildirdi.
Britaniya Bosh vaziri mavzuga oid avvalgi bayonotida Putin bilan bog’liq «G’arb davlatlarini Rossiya neft va gaz manbalariga qaram qilib qo’ygan narkotik sotuvchisi» ta’rifini qo’llagan edi. Buyuk Britaniya hukumati o’tgan hafta Rossiya neft importini yil oxirigacha to’xtatish rejasini e’lon qildi.
