Bolgariya muhojirlar oqimiga qarshi Turkiya chegarasiga askarlarini yubordi

Bolgariya Turkiya bilan chegarasiga tobora kuchayib borayotgan muhojirlar oqimiga qarshi politsiyani qo’llab-quvvatlash uchun 350 askar yuborganini e’lon qildi.
Bolgariya mudofaa vaziri Georgiy Panayotov dushanba kuni xususiy bTV telekanaliga bergan intervyusida bu xabarni rasman tasdiqladi.
350 askar bilan birga chegaraga 40 ta texnika yuborilgani ham qayd etildi.
Bolgariya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning oʻtgan davrida 6500 kishi chegaraga noqonuniy kirgan.
Bu 2020-yilning dastlabki to‘qqiz oyidagidan uch baravar ko‘pdir.
Bolgariya Yaqin Sharq va Afg‘onistondan Yevropa Ittifoqiga o‘tishni xohlovchi muhojirlar uchun juda muhim qulay hudud hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqining sharqiy chekkasi bo’lgan Bolgariyaning Turkiya bilan chegarasida 259 kilometr uzunlikdagi tikanli simlar bor, lekin ularning bir qismi shikastlangan.
Avgust oyida parlament Gretsiya-Turkiya chegarasida panjara qurish uchun 400-700 ga yaqin askar yuborgan edi.
Yevropa Ittifoqining eng kambag’al a’zosi Bolgariya shu paytgacha bu darajada ko’p sonli muhojirlarni qabul qilmagan.
