BMT Inson huquqlari oliy komissari Sharqiy Turkistonga boradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari oliy komissari Mishel Bachelet kelasi hafta Xitoy va Sharqiy Turkistonga tashrif buyuradi.
Ta’kidlash joizki bu kabi tashrif 2005-yildan beri ilk bor amalga oshirilmoqda.
Bachelet nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar va akademiklar bilan uchrashadi.
Sharqiy Turkistonga ham boradigan Bacheletning bu yerda turli uchrashuvlar o’tkazishi kutilmoqda.
Tashrif yuzasidan 28 may kuni matbuot anjumani o’tkaziladi.
Xitoy millionlab musulmon uyg‘ur turklariga zulm qilishda va Sharqiy Turkistonda assimilyatsiya siyosatini amalga oshirishda ayblanib kelmoqda.
