Biz haqimizda

www.global-tahlil.com – islomiy, tahliliy, tarixiy, siyosiy kanal bo’lib, ilm va amalda ahli sunnat va jamoat manhajidan boradi. Sahifani bir guruh mutaxassislar boshqaradi. Global-tahlil.com sahifasi sogʼlom va sof islom dinimizning haqiqiy mohiyatini, butun dunyo uchun islomning zaruratini, uning muqobilida bo’lgan barcha din va tuzumlarning soxta va zararli tuzumlar ekanini insonlarga tushuntirishni oldiga maqsad qilib olgan. Jamoa a’zolari Qurʼon va sunnat hamda salafi solihlarning manhajlarini o’zlariga o’lcham tarozulari deb e’tibor qilishadi. Shuningdek, sahifa ahli sunnat yo’lidan yiroq bo’lgan biron jamoat yoki toifa gʼoyalarini yoxud shaxsiy va partiyaviy manfa’atlarni olgʼa surish va himoya qilishdan mutlaqo uzoqdir.
Аlloh barchamizga barakali hayot nasib qilsin!


Qalamim shavvoz bo'l, kasb-koring ko'rsat, 
Tarihim pardang och, ruxsoring ko'rsat.
Ertak, afsonalar me'daga tegdi,
Xaqiqat oshkor et, asroring ko'rsat.

Bolalar bobosin kimligin bilsin,
Shonli o'tmish hanuz jimligin bilsin.
Sardorlik qonida jo'sh urgan elim,
Yo'llari tikonli simligin bilsin.

Sodiq tonging otar, porlar quyoshing,
Ruxsoring charog'on, to'xtagay yoshing,
"Ilmu fan, ma'rifat, Xaqqa ibodat"
Debon iqbol etsa, qari-yu yoshing.

Mitti qorin uchun kezilsa sarson,
Non g'amida chopsa erkagu juvon,
Bobolar bitigin kemirsa sichqon,
Ulg'ayish bo'lurmi, ey, aziz o'g'lon?!

4 Responses

  1. A izohi:

    السلام علیکم

    Сайтингизни барча маълумотларини яширсез, хаккерларни ишини қийн қилган бӯлардиз

  2. Alloh rozi bo’lsin birodarim

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan