Belgiya Suriyadagi lagerlardan 22 nafar ayol va bolalarni qaytarib oldi

Belgiya Suriya shimoli-sharqidagi Hasaka viloyatining Malikiya tumanidagi Roj lagerida 6 nafar ayol fuqaro va 16 bolani olib keldi. So’z yuritilayotgan lager YPG (Kurdiston) nazorati ostida.
Bosh vazir Aleksandr de Kroo idorasidan berilgan bayonotda, ayollarning IShID bilan aloqalari tufayli to’g’ridan-to’g’ri qamoqqa olingani aytildi.
Bayonotda aytilishicha, ayollarning qaytishi milliy xavfsizlik manfaatlariga mos keladi, chunki bu odamlarni yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi.
Bolalardan tashqari 6 nafar ayolning quruqlik orqali avval Iroq chegarasiga, keyin esa harbiy samolyot bilan Belgiyaga olib kelingani va bolalarning barchasi 12 yoshdan kichik ekanligi qayd etildi.
Mamlakatga olib kelingan bolalar sog‘lig‘i ko‘rikdan o‘tkazilgach, yoshlarni himoya qilish xizmatlariga topshirilishi aytildi.
Belgiya birinchi marta 2021-yil 17-iyulda Hol Kampidan 6 nafar ayol fuqaro va 10 nafar bolani olib kelgan edi.
