Bayrut portlashiga oid tergov siyosatchilarning aralashuvi natijasida uchinchi marta toʻxtatildi

Tergovni olib borgan sudya Tarik Bitar tomonidan guvohlik berish uchun chaqirilgan sobiq jamoat ishlari va transport vaziri Yusuf Fanyanus sudga murojaat qilib, jarayonga javob berdi.
Fanyanusning sudga bergan da’vosi natijasida tergov uchinchi marta to’xtatildi. Sud qaroridan keyin ish davom etadi.
Hozirgacha jarayonga rahbarlik qilayotgan sudya Tarik Bitarga qarshi jami 15 ta da’vo qo‘zg‘atildi. Boshqa tomondan, Eron tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan Hizbulloh ham Bitarning ishdan olinishini xohlaydi. Hukumat ichidagi Hizbulloh vakillari, Bitar lavozimidan chetlashtirilmasa, vazirlar mahkamasi majlislarini boykot qilishlarini aytishmoqda. Shu sababdan vazirlar mahkamasi uch hafta davomida yig‘ila olmadi.
Bosh vazir Najib Mikatiy esa sud jarayoniga siyosiy aralashuv bo’lmasligi kerakligini ta’kidlab, Bitarning ishdan olinishiga qarshi chiqmoqda.
Bitardan oldin jarayonni boshqargan sudya Fadi Savan ham xuddi shunday bosimlar tufayli iste’foga chiqishga majbur bo’lgandi.
