Bag‘dod markazida Putin surati tushirilgan ulkan plakat osildi

Bag‘dodning eng gavjum ko‘chalaridan birida Rossiya prezidenti Vladimir Putin surati tushirilgan ulkan plakat osib qo‘yildi va bu Iroq jamiyatida faol muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Payshanbaga o‘tar kechasi poytaxti hududida “Biz Rossiyani qo‘llab-quvvatlaymiz” va “Prezidentning do‘stlari” yozuvlari bo‘lgan plakat noma’lum shaxslar tomonidan joylashtirildi.
Tushgacha maxsus kuchlar afishani demontaj qilishdi, biroq bungacha ko‘pchilik uni suratga olishga va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishga muvaffaq bo‘ldi, bu esa Iroq jamiyatida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Iroq hukumati bu borada hech qanday bayonot bermadi.
Avvalroq Iroq Markaziy banki hukumatdan Rossiya bilan moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatishni so‘ragan edi.
