BAA va Saudiya Arabistoni Yamanga yordam berish uchun xayriya qilmayapti

Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni kechagi BMT konferentsiyasida Yamanga yordam berishga va’da bermadi.
Yamanda davom etayotgan urushda faol ishtirok etayotgan ikki davlat ham ochlik girdobida qolgan yamanliklar uchun gumanitar yordam borasida sukut saqlashdi.
2021 yilgi konferentsiyada BAA 230 million dollar va Saudiya Arabistoni esa 430 million dollar yordam qilinishini aytgan edi.
Bu yil BMT ning insonparvarlik yordamlari uchun ikki gigant arab davlatlari 1,3 milliard dollar va’da qilingan bo’lsa-da, bu mablag’ning qancha qismi Yamanga etib borishi shubhali.
Uzoq davom etgan urush tufayli gumanitar inqiroz girdobida qolgan Yamanda millionlab insonlar ochlik va kasallik tufayli o’lim bilan yuzma-yuz hayot kechirmoqda.
