BAA Tashqi ishlar vaziri Asad rejimi bilan muzokalar o’tkazish uchun Damashqqa tashrif buyurdi

Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zayd 2011-yilning mart oyida Suriyada boshlangan fuqarolar urushidan keyin Damashqqa birinchi tashrifini amalga oshirdi va Bashar Asad bilan uchrashdi.
Bin Zayd va unga hamroh boʻlgan BAA delegatsiyasining Bashar Asad bilan uchrashuvlarida aloqalarni rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilingani maʼlum qilindi.

Bashar al-Assad 20-oktabr kuni BAA valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd bilan telefon orqali muloqot qildi.
2011-yilda boshlangan fuqarolar urushidan keyin BAA va Asad rejimi oʻrtasidagi diplomatik aloqalar uzildi va bir vaqtlar Suriyadagi muxolifatni qoʻllab-quvvatlagan Abu Dabi maʼmuriyati Asad rejimi bilan munosabatlarni normallashtirish maqsadida 2018-yil dekabr oyida Damashqdagi elchixonasini qayta ochdi.