Avstraliyalik sharhlovchi: Tolibon rahbarlari dunyo liderlaridan ko’ra aqlli
Avstraliyadagi bir telekanal bilan suhbatlashgan sharhlovchi, Tolibon rahbarlarini dunyoning boshqa rahbarlari bilan taqqosladi.
Kabull.com hisobotiga ko’ra, Avstraliyalik sharhlovchi, Tolibon hukmdorlari hozirgi dunyo rahbarlaridan ko’ra aqlli ekanliklarini ta’kidlagan.
Sharhlovchi, Tolibon hozirgi siyosiy sharoitlarni islomiy qadriyatlar bilan yaxshi birlashtirganini ta’kidladi.
Tolibon barchani tinglaydi, ammo faqat Islomiy qadriyatlarga zid bo’lmagan takliflarni qabul qiladi, deb aytgan sharhlovchi, Afg’onistonda davom etayotgan urush haqida ham ajoyib bayonotlar berdi.
Sharhlovchi, dastur boshlovchisi va boshqa mehmonlarga berilgan savolda quyidagi so’zlarni ishlatgan:
«Agar Tolibon Avstraliyani zo’rlik bilan egallab olsa va o’z dinini bizning yerlarimizda tarqatsa va buning evaziga yo’llar, kasalxonalar va maktablar qursa, balki biz buni qabul qilarmidik?»
Dasturdagi boshqa kishilar buni qabul qilib bo’lmasligini aytganda, sharhlovchi: «Demak, AQSh va NATO Afg’oniston xalqini boshqarish huquqiga egami?» deb javob qaytardi.
AQSh boshchiligidagi NATO koalitsiyasi 2001-yilda Afg’onistonga bostirib kirdi. Joriy yilning oktyabr oyida, agar AQSh Afg’onistondan chiqmasa, urush ketma-ket 20 yildan beri davom etayotgan bo’ladi.
O’tgan yili Tolibon bilan kelishuvga binoan, AQSh 2021-yil may oyida mamlakatdan chiqib ketishi kerak.