Ar-Riyodda Birinchi Jahon mudofaa ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan birinchi Jahon mudofaa koʻrgazmasida 8 milliard dollarlik shartnomalar tuzildi.
Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, WDS ko‘rgazmasida 42 davlatdan 600 ta kompaniya ishtirok etgan. Ko‘rgazmaga 80 dan ortiq delegatsiya va 85 ming tomoshabin tashrif buyurdi.
Ko‘rgazma davomida 29,7 milliard rial (7,9 milliard dollar)lik shartnomalar imzolandi. Barcha shartnomalarning taxminan 46 foizi Saudiya kompaniyalari tomonidan imzolangan.
Saudiya Arabistoni Mudofaa sanoati agentligi bosh direktori Ahmad al-Uxeli qirollik 2030-yilgacha mamlakatning harbiy salohiyatini 50 foizga oshirishni rejalashtirayotgani hamda bu ko‘rgazma takliflar va mumkin bo‘lgan salohiyatni baholash uchun ajoyib platforma ekanligini aytdi.
