AQShdan Toliblarga: «Hujumlarni to’xtating»

AQShning Afg’onistondagi ishlari bo’yicha vakili Ross Wilson Tolibonni oldinga yurishini to’xtatishiga chaqirdi.
Ross Wilson o’zining Twitter-dagi sahifasida: «Tolibonning hujumlari allaqachon qurg’oqchilik, qashshoqlik va Kovid-19 bilan kurashayotgan Afg’oniston xalqiga katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda; «Bu afg’onlarning inson huquqlarini buzadi va ushbu mamlakat fuqarolari tomonidan qo’llab-quvvatlanmaydigan tizim amalga oshirilishi yuzaga keladi», dedi u.
Zudlik bilan hujumlarni to’xtatishga chaqirgan Wilson, «Biz Toliblarni siyosiy echimga erishish va muojaroni doimiy ravishda tugatish uchun chinakam iroda bilan vijdonan muzokaralarga chaqirmoqdamiz» dedi
AQSh ma’muriyati Tolibon bilan 2020 yil 29 fevralda kelishuvga erishdi va 2021 yil 1 mayda Afg’onistondan butunlay chiqib ketishga rozi bo’ldi.
Biroq Bayden ma’muriyati chekinish haqidagi qarorni kechiktirdi va jarayonni 11 sentyabrga qadar yakunlashlarini ma’lum qildi.
Chiqib ketishning 90 foizi yakunlangan
Va nihoyat, AQSh Markaziy qo’mondonligi tomonidan berilgan bayonotda Afg’onistondan chiqib ketish jarayoni 90 foizga yakunlangani aytilgan.