AQShda tornado Amazon omborini vayron qildi, rasmiylar yuzlab odamlarning o’lgani haqida gapirmoqdalar

AQSh sharqidagi tornado tufayli Amazon kompaniyasining Illinoys shtatidagi ombori qisman qulab tushdi, o‘nlab odamlar vayronalar ostida qolib ketdi.
Arkanzas shtatidagi qariyalar uyiga tornado kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va besh kishi jarohatlangan. Shuningdek Tennessi shtatidagi tornadoda uch kishi halok bo‘lgan.
Kentukki gubernatori Endi Besher bergan bayonotiga ko’ra qurbonlar soni 50 kishidan oshiq ekanligi va hatto bu ko’rsatkich 100 ga yaqinlashishi mumkin.
Uning qayd etishicha, shtatda favqulodda vaziyatda e’lon qilingan bo’lib, Kentukki milliy gvardiyasi va shtat politsiyasi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb etilgan. Besherning aytishicha, ayniqsa, Mayfil shahri jiddiy zarar ko’rgan, u yerda ishlab chiqarish fabrikasining tomi qulagan.
