AQSh va Yevropa Turkiyadagi gomoseksualizm va fohishalikni jamiyatga singdiruvchi LGBT uyushmalariga millionlab dollar xayriya qilmoqda!

Anqarada joylashgan atigi 144 a’zosi bo’lgan «Kaos GL Madaniy tadqiqot va birdamlik uyushmasi» ga o’tkazilgan jamg’arma hajmi 7 million 896 ming dollarga (136 million 133 ming lira) yetadi.
LGBT lobbisining turkiy qismini boshqaradigan 17 ta uyushma mavjud. Ushbu uyushmalarning a’zolari soni atigi 12 dan 230 gacha. Biroq, o’tkazilgan pul miqdori hayratlanarli. 2021 yilgacha ushbu uyushmalarga 24 million 433 ming dollar (taxminan 423 million lira) o’tkazildi. 144 a’zosi bo’lgan KAOS GL yordamning 31 foizini oldi. Moliyalashtirilgan uyushmalarning 6 tasi Istanbulda, 4 tasi Anqarada, 2 tasi Izmirda, 2 tasi Mersinda, 1 tasi Diyarbakirda, 1 tasi Bursada va 1 tasi Antaliyada joylashgan.
Bu uyushmalarga eng ko’p yordam AQSh, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va elchixonalardan keladi! Shuningdek, Shvetsiyadan 6 million 111 ming 994 dollar, Belgiyadan 1 million 390 ming 814 dollar, Niderlandiyadan 1 million 133 ming 223 dollar va Germaniyadan 1 million 42 ming 748 dollar Turkiyadagi LGBT uyushmalariga oʻtkazildi.
