AQSh va NATOning Ukrainaga harbiy yuk tashishi davom etmoqda

Havo harakatini kuzatish platformalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida NATOning kamida 3 ta harbiy transport samolyoti Ukrainaga uchgan.
Jumladan, Angliyadagi Brize Norton havo bazasidan havoga ko’tarilgan Airbus A400M va Polshaning CASA C-295M harbiy transport samolyotlari Ukrainaning poytaxti Kievga yetib keldi.
Shuningdek, Kanadaning C-17 Globemaster III yuk tashuvchi harbiy transport samolyotining Ukrainaning Lvov shahriga yetib kelgani aniqlandi.
AQSh va Britaniya yuk transport samolyotlari so‘nggi ikki hafta ichida Ukrainaga harbiy texnika, qurol va o‘q-dorilarni yetkazib berish uchun kamida 15 marta parvoz qildi.
Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov shu hafta AQShdan yangi harbiy transport samolyotlarini kutayotganliklarini e’lon qildi.
