AQSh Suriyadagi harbiy bazalarini mustahkamlashda davom etmoqda

AQSh Suriyaning YPG jangarilari (Kurd ishchi partiyasi terrorchilarining Suriya qanoti) nazorati ostidagi hududlarida harbiy bazalarini mustahkamlashda davom etmoqda.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, Pentagon Suriya hududidagi mavjudligini kuchaytirib, zirhli texnikalarni Iroqdan Suriyaga o‘tkazmoqda.
70 yuk mashinasidan iborat yana bir harbiy karvon Iroq-Suriya chegarasidagi Al-Valid nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tib, AQShning Hasaka, Raqqa va Dayr-az-Zor viloyatlaridagi bazalari tomon yo‘l oldi.
Yuk mashinalari va tirkamalarga zirhli transport vositalari, o’q-dorilar va boshqa turdagi texnikalar yuklangan.
Turkiya harbiylarining Suriya shimoli-sharqida «Tinchlik manbai» operatsiyasi boshlanganidan ko’p o’tmay, AQSh harbiylari Suriyadagi bir qator bazalarini tark etdi va neft konlari hududlarida kuchlarni to’pladi.
