AQSh Saudiya Arabistoniga 650 million dollarlik o’q-dorilarni sotishga ruxsat berdi

AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga F-15 jangovar samolyotlarining havo-havo o’q-dorilarini sotishga ruxsat berganini ma’lum qildi. Bitimning umumiy qiymati 650 million dollarni tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, savdo doirasida yetkazib beriladigan paket 280 ta AIM-120C raketalari, 596 ta LAU-128 raketa relslari va boshqa yordamchi uskunalardan iborat.
Bayonotda, bu raketalarning Saudiya Arabistoni Harbiy havo kuchlari inventaridagi F-15 samolyotlari va Eurofighter Typhoon samolyotlarida qo’llanilishi bildirildi.
