AQSh Rossiyadan neft va gaz importini taqiqladi

AQSh Ukrainadagi urush tufayli Moskvaga joriy qilingan sanksiyalar doirasida Rossiyadan barcha energiya, neft va gaz importini taqiqlashga qaror qildi.
Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z nutqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya hukumati ham 2022 yil oxirigacha Rossiya neft va neft mahsulotlarini import qilishni to’xtatish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Bu haqda Buyuk Britaniyaning iqtisodiyot, energetika va sanoat strategiyasi vaziri Kvasi Kvarteng tegishli bayonot bilan chiqdi.
