AQSh Mudofaa vazirligi «ISHIDga qarshi kurash» bo’linmasini yopdi
AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) «ISHIDga qarshi kurashish» uchun tashkil etilgan bo’linma tugatilganligini e’lon qildi.
Mudofaa vazirligining xabar berishicha, «ISHIDni mag’lub etish bo’yicha tezkor guruh» rasman bekor qilindi, shu bilan birga 2017 yildan beri maxsus guruhni boshqarib kelgan Kristofer Mayerning iste’fosi qabul qilindi.
2017 yilda tashkil etilgan tezkor guruhning faoliyati muvaffaqiyatli bo’lganligi va tugatilgan qismning vazifalari Mudofaa maxsus operatsiyalari va past zichlikdagi mojarolar bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari va Mudofaa siyosati maslahatchisi huzuridagi hududiy idoralar tomonidan bajarilishi ta’kidlandi.
AQShda Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden g’alaba qozongan 3-noyabrdagi saylovlardan so’ng, Donald Tramp ma’muriyatidagi ko’plab yuqori martabali AQSH rasmiylari iste’foga chiqdi.
Bayden davrida katta kadrlar to’liq yangilanishi kutilmoqda.