AQSh Guantanamodagi yana bir mahbusni Saudiya Arabistoniga ekstraditsiya qiladi

AQSh 2002 yildan beri Guantanamoda saqlanayotgan Hassan Abdulla al-Sharbini Saudiya Arabistoniga jo’natishga tayyorlanmoqda.
Guantanamodagi mahbuslar ahvolini muhokama qilgan boshqaruv kengashi Sharbining Saudiya Arabistoniga o‘tkazilishini ma’qulladi.
Sharbining transferi AQSh va Saudiya Arabistoni o’rtasida xavfsizlik bo’yicha kelishuvlar tuzilganidan keyin amalga oshishi taxmin qilinmoqda.
Ta`kidlanishicha, 47 yoshli Sharbi ba`zi jismoniy va ruhiy kasalliklardan aziyat chekadi.
Saudiya Arabistoni uzoq vaqtdan beri mahbuslarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lishi bilan tanilgan. Sharbining advokatlari mijoziga nisbatan qonunbuzarliklar Saudiya Arabistonida ham davom etishidan xavotirda.
