AQSH, Eron tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan husiylarni terrorchilar ro’yxatidan chiqaradi

AQSH davlat kotibi Antoni Blinken 16 fevraldan boshlab Yamandagi hutiylar nomi bilan tanilgan Ansarulla tashkilotini xorijiy terroristik tashkilotlar ro’yxatidan chiqarganliklarini e’lon qildi.
Blinken, «16 fevraldan boshlab men Yamandagi husiylar deb nomlangan Ansarulloh tashkiloti uchun Immigratsiya va Fuqarolik to’g’risidagi qonunga binoan Global Maxsus Terroristik Tashkilotning ta’rifi va Prezidentning Xorijiy terroristik tashkilotlar to’g’risida 13224-sonli Farmonini olib tashlamoqdaman» – iborani ishlatgan.
AQSH siyosati, Yamanga insonparvarlik yordamini berishni to’xtatmaslik uchun xusiylarga nisbatan shunday qadam qo’yganliklarini ta’kidlab, Blinken tomonlarning muloqot boshlashini kutganliklarini bildirdi.
Blinken husiylar yetakchilari Abdul Malik Al Husi, Abdul Halid Badriddin Al Husi va Abdulloh Yahyo Al Hakimiga qarshi sanktsiyalar bekor qilinmaganligiga e’tibor qaratdi.
AQSH, husiylarni diqqat bilan kuzatib borishini bildirgan Blinken, Saudiya Arabistoni va savdo kemalariga qilingan hujumlarda aybdorlarni aniqlab, ularga qarshi sanktsiyalarni qo’llashni davom ettirishlarini ta’kidladi.
AQSHning Yamandagi BMT va boshqa sheriklari bilan urushni tugatishga harakat qilishiga ishora qilib, Blinken, «Biz bu mojaroning harbiy yechimi yo’qligiga yana bir bor ishonamiz» dedi.
