AQSh: Barcha xorijiy qo’shinlar Liviyadan olib chiqilishi kerak

Amerika Qo’shma Shtatlari davlat kotibi Antoni Blinken Liviyada joylashgan barcha xorijiy qo’shinlarni ushbu mamlakatdan olib chiqishga chaqirdi.
Blinken Liviya bo’yicha Ikkinchi Berlin konferensiyasida qatnashish uchun borganida u yerda Germaniyaning tashqi ishlar vaziri Heiko Maas bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan keyin o’tkazilgan qo’shma matbuot anjumanida ikkalasi ham bayonot berdi.
Germaniya mezbonlik qilgan va Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbarligidagi anjumanda Liviyadagi urush qatnashchilari tashqi ishlar vazirlari, shu jumladan Turkiya to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etdi.
AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Liviyadan yollanma askarlarni hamda chet ellik askarlarni chiqarib yuborishni talab qilmoqda.
Uchrashuvda Blinken «AQSh va Germaniya Rossiyaning Ukrainadagi provokatsion harakatlariga qarshi birgalikda harakat qiladilar» deb ta’kidladi.
Berlindagi Liviya konferensiyasi Shimoliy Afrika mamlakatidada bo’ladigan saylov xafsizligini ta’minlash va chet ellik jangarilarni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaratilgan.
Anjumanga jalb qilingan mamlakatlar qatoriga Italiya, Turkiya, Misr va Birlashgan Arab Amirliklari hamda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy beshta a’zosi kiradi.
2019 yil aprel oyida Liviyaning sharqiy qismida Misr va Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan kuchlar qo’mondoni Halifa Hafter poytaxt Tripolini egallab olish uchun hujum boshladi. Ammo Hafterning 14 oylik operatsiyasi, Turkiyaning hukumatni harbiy qo’llab-quvvatlashini ko’paytirganidan so’ng amalga oshdi.
Liviyada Turkiyadan tashqari Rossiyaning ham harbiy kuchi bor
Oldingi Liviya konferensiyasida Liviyaga qurol etkazib berilishining oldini olish uchun O’rta dengizda tezkor guruh tuzishga qaror qilingan edi.
Boshqa tomondan, matbuot anjumanida Sharqiy Turkiston masalasiga to’xtalib o’tgan Antoni Blinken xorijiy mamlakatlarni Sharqiy Turkistondagi majburiy mehnatdan ogohlantirdi.