AQSh Afg’onistonga ko’proq bombardimon qilish uchun ko’p sonli harbiy samolyotlar yubormoqda

AQSh Afg’onistondan chiqib ketayotgan bo’lsada, Tolibon harakatini to’xtatish uchun mintaqaga ko’p sonli jangovar samolyotlarni joylashtirishini ma’lum qilindi.
AQSh rasmiylarining bayonotlariga ko’ra, Afg’onistonda Tolibon harakatini to’xtatish uchun ko’p sonli harbiy samolyotlar tayyorlanmoqda.
Rasmiylar AQSh AC-130 va B-52 og’ir bombardimonchilarini, shuningdek MQ9 Reaper tipidagi qurolli uchuvchisiz uchoqlar va F18 jangovar samolyotlarini mintaqaga yuborganini tasdiqladi.
AQSh Tolibonga qarshi Pokiston havo maydonidan ham foydalanadi
Ma’lum qilinishicha, Tolibonga qarshi bombardimonlar birinchi navbatda Qatardagi Al-Udeyd aviabazasi va Hind okeanidagi AQSh samolyot tashuvchi kemalari ustidan amalga oshiriladi va Pokiston havo hududi ham hujumlar uchun ishlatiladi.

Ta’kidlanishicha, AQSh nafaqat Tolibon harakatini to’xtatishni, balki Tolibon qo’lga kiritgan harbiy ob’ektlarni ham yo’q qilishni maqsad qilgan.
Fuqarolarning yashash joylari nishonga olingan
AQSh va Kobul ma’muriyati yaqinda Tolibon qo’liga o’tgan mintaqalarga qarshi uyushtirgan hujumlarida ko’plab tinch fuqarolar hayotdan ko’z yumgan. Yangi hujumlar mamlakatda tinch aholi qurbonlarini yanada oshiradi degan xavotirlar bor.
Boshqa tomondan, Tolibon rasmiylaridan biri Muhammad Naim, TRT Arabi telekanalida qatnashgan dasturida, Afg’onistondagi havo hujumlarida kasalxonalar, maktablar va boshqa tinch aholi punktlari nishonga olinganini va dunyo buni ko’rmaganlikka olayotganini aytdi.