Amerikalik yonlanma askarlar Yaman janubidagi Xadramaut viloyatida jang qilmoqda

Adenda 18-oktyabr kuni Amerikaning PMC Akademiyasining (hozirda Blekvote deb ataladi) yollanma askarlari Yaman sohilidagi Xadramaut viloyatining Gail Ba Vazirin shahri ko’chalarida paydo bo’ldi.
Ayirmachi guruh «Janub harakati» a’zosi Adel al-Hasanining ta’kidlashicha,Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Blekvote va boshqa xususiy harbiy kompaniyalarning ish beruvchisi hisoblanadi. Bundan oldin, BAA tashabbusi bilan qamalgan Adendagi mahbuslarni qo’riqlayotgan yollanma askarlar xaqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Blekvote a’zolari o’nlab yamanlik siyosatchilar, dindorlar, faollar va harbiy xizmatchilarni o’ldirishda ayblanmoqda. Xabarlarga ko’ra, yollanma askarlar keng ko’lamli siyosiy buyruqlarga amal qilishdan tashqari o’zboshimchalik bilan hibsga olish, ta’qib qilish va qiynoqlarga solish kabi ishlarni ham amalga oshirib kelmoqda.


Bu kompaniyaning Yamanda ekanligi haqidagi ma’lumotlar arab koalitsiyasining u yerdagi fuqarolar urushiga aralashuvi boshlanganidan keyin paydo bo’lgan edi. Manbalariga ko’ra, Panama, Salvador, Chili va Kolumbiyadan 450 yollanma askar 2015 yil noyabr oyida Saudiya Arabistoni iltimosiga binoan mintaqaga kelgan. Keyinchalik ularning soni 1500 ga oshgani taxmin qilinmoqda.
Bu odamlar koalitsiya quruqlik kuchlarining tayanchini tashkil qiladi, chunki Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari qo’shinlari jiddiy jangovar qobiliyatlari bilan birga bir xil byudjetga ega va ular pulga yonlayotgan harbiylar asosan Lotin Amerikasi, Afrika va ba’zi arab qabilalaridan kelgan muhojirlardir. Kichik qismini esa yevropaliklar va AQSh fuqarolari tashkil qiladi.

Yaman fuqarolar urushi 2014 yildan buyon davom etmoqda. Mojaro sunniylar hukumatining bosimi bilan qo’zg’atilgan mamlakat shimolidagi husiy qo’zg’oloni bilan boshlandi. 2015 yil fevral oyida isyonchilar poytaxt Sanani egallab olganidan so’ng, prezident Mansur Hadi iste’foga chiqdi. Lekin mart oyida janubdagi Aden shahriga qochib ketdi va u yerda iste’fo haqidagi o’z qarorini rad etdi. Mamlakatning yetakchi rahbari bo’lib qolayotgan Hadi, arab davlatlarini mojaroga aralashishga rasman taklif qildi hamda 2015 yil 26 martda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi to’qqiz mamlakat «Hal qiluvchi bo’ron» operatsiyasini boshladi.
O’shandan beri koalitsiya ko’plab urush jinoyatlarida, jumladan, ekinlar va qishloq xo’jaligi ob’ektlarini yo’q qilishda, shuningdek, katta ocharchilikka sabab bo’lgan husiylar nazoratidagi hududlarni to’liq blokada qilishda ayblanmoqda. Hozirda koalitsiya tarafidagi jangovar harakatlar Saudiya Arabistoni va BAA tarafidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Ular bilan ittifoq bo’lgan ba’zi qolgan ishtirokchilar moliyaviy muammolar tufayli urushni tark etishgan.
