Al-Xol lageri 10 minglab ayol va bolalar uchun qamoqxonaga aylandi

“Suriya shimoli-sharqidagi Al-Xol lagerida jinoyatchi bo‘lmagan odamlar qamoqxona sharoitlarida saqlanmoqda”, dedi BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits BMT Xavfsizlik kengashidagi brifingda va lagerdagi gumanitar vaziyatni “ayanchli” deb atadi.
Jami 56 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan lagerda 10 mingga yaqin bola va ayol qamoqxona sharoitida saqlanyapti, dedi Griffits bolalarning ozod etilishini talab qilib.
U mamlakatlarni o‘z fuqarolarini Al-Xol lageridan zudlik bilan olib chiqishga chaqirdi.
BMT ma’lumotlariga ko’ra, terror tashkiloti PKK/YPG (Kurdiston ishchi partiyasi) nazorati ostidagi Al-Hasaka viloyatida Iroq bilan chegarada joylashgan Al-Xol lagerida saqlanayotganlarning aksariyatini ayollar va bolalar tashkil qiladi. Ularning 15 foizi xorij fuqarolaridir.
Bu lagerda 50 ga yaqin davlatdan kelgan bir necha ming chet ellik IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan ayollar va ularning farzandlari ushlab turilibdi. Yevropa davlatlari lagerdagi fuqarolari va ularning oilalarini qaytarib olmoqchi emas.
