Al-Qoida yetakchisi Zavohiriyning BMT ga murojati

Al-Qoida yetakchisi Ayman az-Zavohiriy videomurojaatida Birlashgan Millatlar Tashkilotini qattiq tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, BMTga a’zolik Islom qoidalarini rad etishni o’z ichiga oladi.
Zavohiriyning 38 daqiqalik yangi videomurojaati tashkilotning asosiy targʻibot organi boʻlgan “As-Sahab”da chop etildi.
Zavohiriy videomurojaatida Birlashgan Millatlar Tashkilotini qattiq tanqid qildi. Tarqatilgan videoning sarlavhasi “Islom ummatini Birlashgan Millatlar Tashkiloti tahdididan ogohlantirish”
Zavohiriy o‘z nutqida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
– «Birlashgan Millatlar Tashkiloti g’arazli maqsadda, Ikkinchi jahon urushi g’oliblarining dunyoda hukmronlik qilish istagi bilan tuzilgan. Ular shu maqsadda butun insoniyatga siyosiy tizim va ta’limotni o’rnatdilar. Ularning maqsadi butun insoniyat, ayniqsa musulmonlarni o’z manfaatlariga ko’ra boshqarish.»
– «Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 5 doimiy a’zosi (AQSh, Angliya, Fransiya, Rossiya, Xitoy) Ikkinchi jahon urushida g’alaba qozongan davlatlar BMTning barcha torlarini o’z qo’llarida ushlab turishadi. Shu sababli bu davlatlar eng katta jinoyatchilardir”.
– «Birlashgan Millatlar Tashkilotining qonunlari va qarorlari islom va axloqqa zid bo’lganligi sababli rad etilishi kerak».
– «Bu islom shariatini inkor qilish bo’lardi, chunki BMT a’zoligiga qabul qilish shartlari ushbu institut qonunlari va qarorlarini qabul qilishni talab qiladi».
– «BMTning xavfsizlikni tushunishi status-kvo va ekspluatatorlarni himoya qilishga, ishg’ol va zulm ostidagi musulmonlarning qarshilik kurashlarini oldini olishga qaratilgan».
– «Falastinni bo’lib Isroilga asos solgan BMT. Keyingi davrlarda ham BMT Isroilning ekspansiyasini qo’llab-quvvatladi va Isroilni himoya qildi».
– «Bunday xavfsizlik tushunchasi bilan BMT a’zosi bo’lgan musulmon davlati islomiy yerlarning hozirgi zo’rlanishini ham qabul qilgan bo’lardi. Masalan, Checheniston, Kashmir, Septe va Melila, Sharqiy Turkiston, Zila va Haror, Zanzibar».
