“Agar Turkiya Ukrainada S-400’larni joylashtirsa, F-35’larni olishi mumkin”

AQShning sobiq razvedkachisi va jurnalist Pol Kolbe Turkiyaning S-400 havo mudofaa tizimlarini Ukrainaga berishni taklif qildi.
Kolbe bu taklifni Wall Street Journal gazetasida chop etilgan «Turkiyaning Rossiya raketalari Ukrainani himoya qila oladi» sarlavhali tahlilida tilga oldi.
Amerikalik mutaxassis Ukrainaning uzoq vaqt davomida Rossiyaning havo ustunligini bartaraf eta olmasligini va yangi tizimlarga muhtojligini ta’kidlab, qidirilayotgan qonning Turkiya ekanligini ilgari surdi.
Kolbe, buning evaziga Turkiyaning yana F-35 hamkorligiga kiritilishi va Turkiyaga Amerikada ishlab chiqarilgan havo mudofaa tizimlari berilishi mumkinligini aytdi.
Ma’lumki AQSh Turkiyani S-400 ni sotib olgani bois unga nisbatan sanksiya qo’llab, pullari to’langanligiga qaramay Yurkiyani F-35 qiruvchi samolyotlari dasturidan chiqargan edi.
Kolbening tahlillari maydonga qandaydir ta’sir ko’rsatishi shubhali.
Agar S-400 Ukrainaga berilsa, Turkiya va Rossiya munosabatlarida qiyin burilish boshlanishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
