Afrinda portlatish sodir etgan jinoiy guruh a’zolari hibsga olindi

Hayat Tahrir ash-Shomning «Umumiy xavfsizlik xizmati» o’tgan dushanba kuni Halab shimolidagi Afrin shahrida bomba o’rnatilgan mashinani portlatgan jinoiy guruhni hibsga oldi.
Mazkur uyushgan jinoyatchilar ko’plab jinoiy operatsiyalarda ishtirok etgani aniqlandi hamda qo’lga olingan shaxslarning rasmlari e’lon qilindi.
O’tgan dushanba kuni Afrindagi mashina portlashi oqibatida 6 nafar tinch aholi halok bo’ldi, 21 kishi, jumladan 3 bola yaralandi. Qo’lga olingan jinoyatchilar Halabning shimoliy va sharqiy qishloqlari va Furotning sharqida, portlovchi qurilmalar va mashinalar bilan vaqti -vaqti bilan portlashlar uyushtirib kelganlar. Quporuvchilar tomonidan qurbonlar soni ko’proq bo’lishi uchun atayin bozorlar va aholi gavjum bo’ladigan yerlar tanlangan.
Ta’kidlash joizki, Suriya muvaqqat hukumati va Turkiya Mudofaa vazirligi nazoratdan chiqib ketgan hududlarda xavfsizlik va barqarorlikka zarba berishni maqsad qilgan bu portlashlar ortida Suriya demokratik kuchlari jangarilari turganini tasdiqladilar.
