Afg‘onistondagi masjidlarning birida navbatdagi portlash sodir bo‘ldi

Afg‘onistondagi masjidda juma namozi vaqtida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ko‘plab insonlar jabrlangani ma’lum qilindi.
Mintaqaviy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, Afg’oniston sharqidagi Nangarhar viloyatining Spin Gar hududidagi masjidda juma namozi vaqtida sodir bo’lgan portlash oqibatida ko’plab tinch aholi jarohatlangan.
Tolibon manbalarining mavzu bilan bog’liq birinchi bayonotida, portlashda kamida 12 kishining tan jarohati olgani va mintaqadagi turli sog’liqni saqlash muassasalariga yuborilgani bildirildi.
Guvohlarning aytishicha, portlash masjid ichida sodir bo‘lgan.
Pokiston bilan chegarada joylashgan Nangarhor viloyati Afg‘onistonda IShID yacheykalari eng faol bo‘lgan viloyat hisoblanadi.
