Afg’onistonda Turkiyadan kelgan insonparvarlik yordami tarqatish davom etmoqda

Afg’onistonda Turkiyadan «Mehribonlik poyezdi» bilan mamlakatga kelgan insonparvarlik yordamlarini tarqatish jarayoni davom etmoqda.
Insonparvarlik yordami Turkiya hukumati qoshidagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yordam berish boshqarmasi (AFAD) orqali bir qator nodavlat tashkilotlar ishtirokida shakllantirildi.
Gumanitar tashabbuslarni amalga oshirish doirasida turk tomoni Afgʻoniston boʻlimiga urush qahramonlari va nogironlar uchun 149 ta nogironlik aravachasini topshirdi.
Yuklarni topshirish marosimida Turkiyaning Qobuldagi elchixonasi harbiy attashesi polkovnik Sinan Uyar, Afg‘oniston Tolibon harakatining halok bo‘lgan qahramonlar va nogironlar bo‘limi vakili Qori Sharitulloh Hababil hamda Turk Qizil yarim oy jamiyati vakili Adem Karakaya ishtirok etdi. .
Tadbirda so‘zga chiqqan Turkiya harbiy attashesi Uyar Turkiya Afg‘onistonni doimo qo‘llab-quvvatlab kelganini, bu mamlakat uchun og‘ir davrda bugun ham o‘z xalqining yonida ekanligini eslatdi.
