Afg’onistonda sovetlarga qarshi mujohidlar safiga qo’shilgan yaponiyalik Koshiro Tanakaning hikoyasi

1979 yilda Sovetlarning Afg’onistonga bostirib kirishi butun dunyodan minglab chet ellik jangchilarni Afg’onistonga tortdi. O’tgan asrning 80-yillarida Afg’onistonga borgan chet ellik jangchilar orasida, boshqa xorijiy jangchilardan farqli o’laroq, diniy maqsadda harakat qilmaganlar va hatto musulmon bo’lmaganlar ham bor edi. Ulardan biri yapon jang san’ati ustasi Koshiro Tanaka edi.
Yaponiyadan Afg’onistonga yo’l
1940 yilda Yaponiyaning Fukuoka viloyatida tug’ilgan Tanaka jang san’atini erta yoshidan o’rgana boshladi. Dzyudo, Jukendo, qilichbozlik, karate va kung -fu kabi jang san’atlarini o’rgangan Tanaka o’z uslubini shakllantirdi, keyinchalik u Hiko Ryu Tayjutsu nomi bilan mashhur bo’ldi. Yapon jang san’ati ustasi 1984 yilda Afg’onistonga ketish va Sovet Ittifoqiga qarshi urushga qo’shilish uchun o’z hayotini havf ostiga qo’ysada Yaponiyani tark etishga qaror qilgan. Afg’onistonga borganida hech qanday harbiy tajribaga ega bo’lmagan Tanaka, qisqa vaqt ichida harbiy tayyorgarlikdan o’tdi va amaliyotlar hamda mintaqadagi turli to’qnashuvlarda qatnashdi. Sovet qo’shinlarini yoqtirmasligi uni bu urushga olib kelgan asosiy sabablardan biri edi. Sovetlar Yaponiyaga ham tahdid solgan, lekin Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyaning tinchlikparvar siyosati va armiyasi yo’qligi uni Afg’onistonga olib borgan.

Afg’onistondagi harakatlar
Koshiro Tanaka Afg’onistondagi mujohid kuchlariga karate va boshqa jang san’ati turlarini o’rgatgan. Yaponiya hukumati Tanakaning Afg’onistonda bo’lishidan noroziligini ko’p marta bildirgan bo’lsa -da, Tanaka o’z pozitsiyasidan qaytmadi. Koshiro Tanaka Yaponiya hukumatini Sovet Ittifoqiga qarshi turmaganlikda va Kuril orollarini qaytarib olishga urinmaganlikda aybladi. U Yaponiyaga ko’p borgan va ortga qaytib, Afg’onistonda jang qilayotgan mujohid guruhlariga yordam yig’gan. Tanaka ikki mamlakat o’rtasida kamida 6 marta sayohat qilgan. Burhoniddin Rabboniy boshchiligidagi «Jamoat-islomiy» guruhi tarkibida faoliyat ko’rsatgan Tanaka, shuningdek, Qobuldagi sovetparast hukumatning nishoni bo’lgan. Hukumat Tanakaning o’ldirilgani haqida ko’p marotaba da’vo qilgan bo’lsa -da, bu xabarlar aslida sarobligicha qolib ketgan.

Tanaka urush tugagach, Afg’onistonni tark etdi. Yillar o’tib, u hujjatli filmda quyidagi iboralarni ishlatgan: «Men har doim ikkita qo’l granatasini olib yurardim. Biri dushmanni , ikinchisini o’zimni portlatish uchun». Yapon jang san’ati ustasi haligacha o’z mamlakatida shaxsiy sport salonini boshqarishda davom etmoqda.

