Afg’onistonaro muzokaralar Qatarda qayta boshlandi.

Bugun Qatar poytaxti Dohada afg’onlar o’rtasida tinchlik muzokaralari davom ettirildi.
Kobul hukumatining ikkinchi raqamli va tinchlik muzokaralari uchun mas’ul bo’lgan Abdulla Abdulla va uning delegatsiyasi Dohaga yo’l oldi.
Kobul hukumati delegatsiyasiga Abdulla Abdulla, Tolibon delegatsiyasiga Tolibon siyosiy idorasi rahbari mulla Abdulg’ani brodar rahbarlik qiladi.
Ta’kidlanishicha, bugun ertalab boshlangan muzokaralarda mamlakatdagi so’nggi vaziyat, tinchlik jarayoni va mumkin bo’lgan sulh haqida muzokaralar olib boriladi.
Tolibon siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Naim ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida muzokaralar Qur’on tilovati bilan boshlanganini aytdi.
