Afg’oniston: Tolibon yana 2 viloyat markazini qo’lga oldi

Xabar qilinishicha, Tolibon Afg’onistonning yana ikkita muhim viloyat markazlarini qo’lga olgan.
Mahalliy manbalarga ko’ra, bir muddat to’qnashuvlar davom etgan Saripul va Qunduz shahar markazlari Tolibon qo’liga o’tgan.
Shaharlardagi ma’muriy binolar, hukumat markazlari va harbiy inshootlar, 1 ta qamoqxona va milliy xafsizlik boshqarmasi Tolibon nazorati ostiga olindi, hukumat kuchlari shahar markazlarini tashlab qochgan.


Shahar markazlaridagi qamoqxonalarda saqlanayotgan Toliblarga tegishli 500dan ortiq mahbuslar ham qo’yib yuborilgan.
Shunday qilib, butun mamlakat bo’ylab toliblar qo’lga kiritgan shahar markazlari soni 4 taga etdi.
Mintaqaviy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, Afg’onistonning 34 ta viloyat markazidan 4 tasi Tolibon nazorati ostida, kamida 7 ta markazda to’qnashuvlar davom etmoqda.
Taxminlarga ko’ra, Toliblarning shahar markazlarini bosib olish harakatlari davom etadi.