Afg’oniston: Nangarhorda sodir etilgan portlashda ishtirok etgan uch jinoyatchi qo’lga olindi

Nangarhor viloyatining Spin Gar tumanidagi Tarli qishlog‘idagi masjidda kecha sodir bo‘lgan portlashning uch jinoyatchisi qo‘lga olindi.
IShID a’zolari tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi qo’poruvchilik harakatining nishoni Imorat rahbarlaridan birining ukasi masjid imomi Mavlaviy Samad bo‘lgan.
Imom bilan birga namozga kelgan bir necha uning hamrohlari hujum qurboniga aylanishdi.
Tolibon rasmiylari tez orada jinoyatchilar shariat ahkomlari asosida qilmishlari uchun jazolanishlarini ta’kidladilar.
Eslatib o’tamiz, kecha Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatidagi masjidda sodir bo‘lgan portlashda kamida 15 kishi jarohatlangan.
Tolibon rasmiylariga ko‘ra, bomba Spin Gardagi Tiriley masjidida juma namozi vaqtida portlagan.
Ba’zi yaradorlarning ahvoli og’ir deb baholanmoqda.
Bundan avval IShID jinoyatchilari tomonidan Afg‘onistonning Qunduz va Qandahor viloyatlarida 8 va 15 oktyabr kunlari ham masjidlarda qonli teraktlar sodir etilgan va ularda 100 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan edi.
