Afg’oniston Islom Amirligi» delegatsiyasi Antaliyada

Afg’oniston hukumati a’zolaridan iborat delegatsiya Antaliya diplomatiya forumida ishtirok etish uchun Turkiyaga keldi.
Forumga qatnashish va diplomatik aloqalar o’tkazish uchun bugun Antaliyaga borgan Tolibon delegatsiyasi Turkiya, Qatar va AQSh kabi turli tomonlar bilan muloqoqtga kirishdi.
Delegatsiya tarkibida Tashqi ishlar vaziri Amirhan Muttaqiy, Madaniyat va axborot vaziri Hayrulloh Hayrhva, Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdulqahhor Balhiy kabi hukumat a’zolari o’rin egallagan.
Delegatsiya ertalab Qatar Tashqi ishlar vaziri va Bosh vazir o’rinbosari Shayx Muhammad bin Abdurrahmon al-Tani va AQSh maxsus vakili Tom Vest bilan uchrashdi, keyinroq Turkiya vakillari bilan muloqot qildi.
Ta’kidlanishicha, Tashqi ishlar vaziri Muttaqiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan ham suhbatlashgan.
Forum kun tartibidagi masalalardan biri Afgʻoniston boʻlishi taʼkidlandi.