Afg’oniston ichki ishlar vaziri Haqqoniy ilk bor kameralar qarshisida ko’rinish berdi

Afg‘oniston Islom Amirligi Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy birinchi marta kameralar qarshida ko’rinish berdi.
Afg’oniston poytaxti Qobulda Politsiya Akademiyasini bitirgan politsiya xodimlarining bitiruv marosimida so’zlagan Haqqonining yuzi shu tariqa ilk bor ko’rsatildi.
Tolibon harakatining eng ko’zga ko’ringan liderlaridan biri bo’lgan Haqqoniy, harakatning muhim shaxslaridan biri Jaloliddin Haqqoniyning o’g’lidir.
Hozirgacha yuzini kameralardan yashirib kelgan Haqqoniy, bu marosimda birinchi marta yuzini ko’rsatishni afzal ko’rganini, bu esa politsiya xodimlariga bo’lgan yuqori e’tiborining yaqqol ko’rinishi ekanligini ta’kidladi.
Ma’lumki, Afg’oniston ma’muriyatining yuqori martabali vakillaridan biri bo’lgan Haqqoniyning yangi hukumatda salmog’i katta.
