Afg’oniston AQSh mutahassislari nigohida: Tolibon tarkibida katta bo’linish yo’q, kichik nizolar bo’rttirilmoqda

Amerikalik siyosatshunos, Afg’oniston va Janubiy Osiyo bo’yicha ekspert Barnett Richard Rubin Tolibon ichidagi go’yoki bo’linishlar haqida bayonot berdi.
TRT World telekanaliga bergan intervyusida Rubin :»Tolibon – Afg’onistonning eng birlashgan tashkilotidir. Tashkilot ichida hech qachon jiddiy bo’linish bo’lmagan. Harakatga qarshi bo’lganlar» Tolibon bo’linib ketganini «isboti sifatida ko’plab farqli fikrlarni va o’rtadagi raqobatlarni keltirib chiqarishga uringanlar. Biroq Tolibon hech qachon amalda bo’linmagan ».

Rubin, shuningdek, AQSh Tolibonni bo’lib yuborish uchun jiddiy say -harakatlar qilganini, shu jumladan markaziy razvedka boshqarmasi Tolibonni bo’linishi uchun 1 milliard dollar sarfladi, ammo muvaffaqiyatsizlika uchraganini ta’kidladi.
