Afg’on qo’mondonlarining Islomga qarshi ittifoqi

Afg’onistonda “bir paytlar” faoliyat olib borgan harbiy qo’mondonlar mamlakatdagi yangi ma’muriyatga qarshi harbiy va siyosiy ittifoq tuzishga qaror qildi.
Mintaqaviy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, toliblarga qarshi jangovar yetakchilar «Milliy qarshilik ko’rsatish kengashi» nomi ostida yig’ilishgan.
Ushbu ittifoq tarkibida Abdurrasul Sayyaf, Muhammad Yunus Kanuniy, Atta Muhammad Nur, Abdurreshid Do’stum, Muhammad Muhakkik, Abdulhadi Argandival va Muhammad Xon kabi nomlar bor.
Siyosiy va harbiy faoliyat kun tartibida ekanligini tushuntirgan ittifoq, ularning ustuvorligi diplomatiya ekanligini aytdi. Alyans, agar Tolibon diplomatik usullarni qabul qilmasa, oqibatlarga duchor bo’lishini va urushni afzal ko’rishini ta’kidladi.
Taxminlarga ko’ra, Afg’onistonning markaziy qismidagi Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan shia militsiya tuzilmalari va Tojikiston tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan «Milliy qarshilik fronti» «Milliy qarshilik kengashi» deb nomlangan tuzilma bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki,yuqorida zikr etilgan barcha qo’mondonlar Tolibonning Afg‘onistondagi yurishiga qarshi tura olmadi va Hindiston, Pokiston, Tojikiston va Turkiya kabi davlatlardan boshpana izladi.
Yangi ma’muriyatga qarshi e’lon qilingan bo’linmaning Afg’onistonda faoliyati bor-yo’qligi ma’lum emas. Garchi bu sarkardalar 2021-yilning iyul-avgust jarayonlarida, Tolibon oldinga siljigan paytda Tolibonga qarshi safarbarlikka chaqirgan bo‘lsa-da, ularning chaqiriqlariga javob berilmagan.
O’tmishda Kobul ma’muriyatiga aloqador bo’lgan mintaqadagi ayrim unsurlar, o’lkada urush tugaganini va yangi boshqaruvga qarshi harbiy jarayonga qo’shilmasligini bildirmoqda. Shuningdek, ko‘pchilikning fikricha, so‘z yuritilayotgan sarkardalar o‘tmishda Tolibon tomonidan mag‘lub bo‘lgan va endi ularda imkoniyat qolmagan.
