1869 yil 17 noyabr: Suvaysh kanali ochildi

Dunyoning eng strategik suv yo’llaridan biri bo’lgan va siyosiy jihatdan notinch o’tmishga ega Suvaysh kanali 1869 yil 17 noyabrda ochilgan edi.
Oʻrta yer dengizi va Qizil dengizni bogʻlagan bu kanal Gʻarb davlatlari va Sharq mamlakatlari oʻrtasida Afrika qitʼasi boʻylab sayohat qilmasdan Oʻrta yer dengizi orqali dengiz savdosini osonlashtirgan.
Usmonlilar imperiyasi davridagi Misrning Xadiv shahrida fransuzlar tomonidan 1859-yil aprel oyida qurilishi boshlangan bu kanal 10,5 yildan so‘ng ochildi. Shartnomaga ko’ra, fransuzlar bu kanalni 99 yil davomida boshqarar edi. Biroq Suvaysh kanalida hukmronlik qilishni istagan inglizlar 1882-yilda Misrni bosib oldilar, bu kanalda siyosiy hukmronlik oʻrnatdilar va fransuzlarni kanalni iqtisodiy boshqarishni boʻlishishga majbur qildilar.
1956-yil 26-iyulda Misr prezidenti Gamal Abdunnasir kanalni milliylashtirishga qaror qilgach, Angliya, Fransiya va Isroil bilan birgalikda Misrga urush e’lon qildilar.
Urush Misrning harbiy mag’lubiyati bilan yakunlandi, ammo AQSh va Sovet Ittifoqining aralashuvi bilan Suvaysh kanalining butun boshqaruvi Misrga o‘tdi.
1967 yilgi Misr-Isroil urushida Isroil Sinay yarim orolini bosib oldi va Suvaysh kanali ikki dushman qo’shinning chegarasiga aylandi.
Shu sababdan Suvaysh kanali transport harakati uchun yopildi. Sharq va G’arb o’rtasidagi savdo kemalari Afrika bo’ylab sayohat qilishlari va 19-asrdagi kabi Yaxshi Umid burni orqali o’tishlari kerak edi.
1975-yilda Misr-Isroil munosabatlarining oʻzgarishi munosabati bilan Suvaysh kanali Misr nazorati ostida qayta ochildi. 2021-yilning 23-29-mart kunlaridagi avariya tufayli Suvaysh kanali bir haftaga yopildi.
Suvaysh kanali nafaqat Misrning strategik ahamiyatini oshiribgina qolmay, balki bu davlat uchun muhim daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Taʼkidlanishicha, Misr 2020-yilda Suvaysh kanali orqali oʻtgan kemalardan 5,61 milliard dollar daromad olgan. Biroq Misr ma’muriyati mamlakat manfaatlariga zid ravishda Suvaysh kanalida to‘lovlarni past darajada ushlab turishda ayblanmoqda.
