Россия қўллаб қуватлайдиган Асад режими Идлиб бозорини бомбалади

Suriya shimolidagi Idlib viloyatida Bashar al-Asad rejimiga aloqador Rossiya va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan kuchlar quruqlikdagi bombardimonlar bilan tinch aholi yashaydigan joylarni nishonga oldi.
Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, Idlib janubidagi Arixa shahridagi bozor rejimning artilleriyasi tomonidan nishonga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, butunlay tinch aholi yashaydigan mintaqaga qilingan hujumlar oqibatida 10 nafar tinch aholi hayotdan ko’z yumgan, kamida 40 nafar inson jarohat olgan.





